22:48 / 22.06.2020
8346

Apple iOS 14’ni taqdim etdi

Barqaror iPadOS 14, macOS 10.16, watchOS 7 va tvOS 14 versiyalarini kuzda olish mumkin bo‘ladi.

Apple kompaniyasi WWDC 2020 ko‘rgazmasida iPhone uchun yangi operatsion tizimini namoyish etdi.

Foto: Apple

iOS 14 yangilangan vidjyetlarga ega bo‘lgan, ularni iPhone ish stollaridan birida to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish mumkin.  Vidjyetlarni sozlash va ularni joylashtirish uchun kerakli joyni tanlash mumkin. 

Bundan tashqari, kompaniya App Library funksiyasini ham taqdim etdi. Bunda ilovalar bo‘limlarga muvofiq tarzda avtomatik ravishda joylashadi.

Shuningdek, tadbir davomida iPad, Mac, Apple Watch va Apple TV uchun mo‘ljallangan yangi operatsion tizimlar namoyish etildi. Barqaror iPadOS 14, macOS 10.16, watchOS 7 va tvOS 14 versiyalarini kuzda olish mumkin bo‘ladi.

O‘tgan yilgi WWDC ko‘rgazmasida Apple iOS 13, yangilangan Mac Pro, Apple Watch uchun yangi funksiyalarni taqdim etgan va Mac kompyuterlari uchun iTunes’ni yo‘q qilgandi.

Top