20:05 / 23.06.2020
4645

Er farzandini xotiniga bermaslik uchun olib qochdi

Qiz ne-ne orzu-niyatlar bilan turmushga chiqdi. Ammo ko‘p o‘tmasdan, o‘ylaganlari xom-xayol ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Farzandli bo‘lganlaridan keyin ham o‘rtadagi kelishmovchiliklar avj olaverdi va u oxiri uydan ketishiga to‘g‘ri keldi, ammo yolg‘iz ketdi. Farzandini turmush o‘rtog‘i bermadi. J. ona echun eng qiyini bu farzandidan ayro yashash ekanligini tushunmagan otani sudga berishga majbur bo‘ldi. Ajrashish uchun emas, farzandini qaytarib olish uchun shunday yo‘l tutdi.

Fuqarolik ishlari  bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 19.12.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor O.X.dan 2017 yilda tug‘ilgan Jasmina ismli bir nafar farzandini undiruvchi J.B. tarbiyasiga olib berish bo‘yicha sud qarori chiqdi va ijro qilish uchun Majburiy ijro byurosining Shahrisabz shahar bo‘limiga yuborildi. 

Byuro xodimlari tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan O.X. farzandini olib noma'lum joyga qochib ketdi. Ushbu holat yuzasidan xolislar ishtirokida qarzdornikiga borilib dalolatnoma ramiylashtirilgandan so‘ng 8.06.2020 yilda unga nisbatan mahalliy qidiruv e'lon qilindi. 
Qidiruv natijalariga ko‘ra, joriy iylning 22 iyun kuni qarzdor topilib, qizaloq onasining bag‘riga qaytarildi. 

Shahboz Nazarov, MIB Shahrisabz shahar bo‘limi davlat ijrochisi

Mavzuga oid
Top