07:30 / 23.06.2020
48845

O‘zbekiston 5 oyda qancha oltin sotgani ma'lum bo‘ldi

2020 yil yanvar-may oylarida eksport tarkibida oltinning ulushi 31,9 foizga teng bo‘ldi.

2020 yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston 1,64 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish 33,3 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-may oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 31,9 foizga teng bo‘ldi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Avvalroq, O‘zbekiston to‘rt oyda qancha oltin sotgani ochiqlangandi.

Mavzuga oid
Top