14:43 / 23.06.2020
16476

O‘zbekistonda aholida antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda

Karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanachalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun O‘zbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen analizini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibullo Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirusga oid so‘nggi yangiliklarni ma'lum qildi.

«Biz hozirga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolash, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarni esa karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik.

Koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili lozim bo‘ladi, xolos. Antitanachalar shakllanishi uchun esa virus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqan bo‘lishi lozim», dedi Habibullo Oqilov.

U karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanachalarni aniqlash kerak bo‘lishini qayd etib o‘tdi.

«Buning uchun O‘zbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen analizini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda», deya ta'kidladi shtab a'zosi.

Bundan oldinroq 24 iyundan O‘zbekistonda koronavirusga test tahlilini nodavlat tibbiyot muassasalarida ham topshirishga ruxsat berilgani xabar qilingandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top