15:15 / 23.06.2020
7825

Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar: Elektron savdo platformasi, ekinlarni fazodan nazorat qilish va texnika ijarasi uchun mobil ilova

O‘zbekistonda yetishtirilgan sarxil mevalar o‘zining betakror ta'mi bilan butun dunyoga mashhur! Agar xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan yili o‘zbek gilosi London supermarketlarigacha yetib bordi. Bugun yurtimizda yetishtirilgan yoz ne'matlarini dunyoning to‘rt burchagida uchratish mumkin. Albatta, bunday natijalarga erishish oson bo‘lgani yo‘q.

Ammo hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo bozori inqirozga uchramoqda, deb ayta olamiz. Hozirgi kunda butun dunyoda qishloq xo‘jaligi sohasida ham qo‘shimcha qiymat zanjiridagi barcha qatnashuvchilar ma'lum bir qiyinchilikka chalinishi odatiy hol bo‘lib qolgan. Shu va tizimdagi boshqa muammolarni yechishda raqamli texnologilardan qanday foydalanish mumkin degan savolga Consort Group MChJning bosh menejyeri Nig‘matjon Anvarov javob bermoqda.

Consort Group MChJ hozirgi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga taalluqli eng tanilgan va nufuzli veb-portallaridan Agromart portalini boshqarib kelmoqda. O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan ushbu portal qishloq xo‘jaligiga aloqasi bo‘lgan barcha foydalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda sohada yuzaga keladigan har qanday masala bo‘yicha foydali ma'lumotlarni topish mumkin. Portaldagi “Onlayn-konsultatsiya” bo‘limida esa qishloq xo‘jaligiga oid har qanday mavzu yuzasidan savol berib, malakali mutaxassislardan onlayn tarzda 24/7 rejimida javob olish mumkin. Buning uchun tizimda ro‘yxatdan o‘tib, savolni tegishli shaklda yuborish kifoya.

Savollar agronomiya, poliz mahsulotlari yetishtirish, veterinariya, uzumchilik, chorvachilik, sabzavotchilik, parrandachilik, baliqchilik, bog‘dorchilik sohalariga oid huquqiy va amaliy masalalar yuzasidan berilishi mumkin. Undan tashqari veb-portalda qishloq xo‘jaligining 50dan ortiq mahsulotlari bo‘yicha haftalik narxlar viloyatlar kesimida yangilanib boriladi.

Fermerlarning mahsulotlarini sotishda qanday raqamli imkoniyatlar mavjud?

Fermerlar yetishtirgan meva-sabzavotlarni sotish yoki faoliyatlarida zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olish uchun portaldagi “Savdo maydonchasi” bo‘limiga bepul e'lon berishlari mumkin. Shuni aytib o‘tish joizki, hozirda ushbu savdo maydonchada fermerlarimiz hamda eksporterlarni bir-biriga bog‘lash uchun pul o‘tkazmalari kafolatlangan va fermerlar eksporterlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlarini taqdim eta oladigan savdo platformasi ustidan ish olib borilmoqda. Ushbu platforma orqali eksporterlar o‘ziga kerakli mahsulotlarni tender orqali platformaga chiqarib fermerlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri takliflar qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu takliflar ichida mahsulot rasmlari va videolari, zarur bo‘lgan sertifikatlar va boshqa hujjatlarni ilova qilib jo‘natishlari mumkin.

Eksporterlar tanlab olingan fermerlarga platformaning ishonchli to‘lov tizimi orqali pul jo‘natib, savdolarni rasmiylashtiradi va kafolatlaydi. Bunday platforma fermerlar o‘z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarishda yaqindan ko‘makdosh bo‘lib qoladi, deb uylaymiz. Fermerlar va eksporterlar uchun mo‘ljallangan ushbu platformani shu yilning kuzgi mavsumiga tayyerlamoqdamiz va barcha bozor ishtirokchilarni undan foydalanishga chaqirib qolamiz. Bunga qo‘shimcha qilib aytganda, biz bu platformani Belgiya, Italiya va Rossiya davlatlardagi chet el xamkorlarimiz bilan birgalikda halqaro platformalar bilan bog‘lab, shu kabi halqaro kompaniyalarning eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar tenderlarini ham joylashtirishni mo‘ljallamoqdamiz. Shu kabi imkoniyatlarni alohida ichki bozor qatnashchuvchilariga ham ochib beramiz. Ya'ni mahalliy do‘konlar va supermarketlar uchun fermerlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlarni kundalik tarzda sotib olishga imkoniyat yaratiladi.

Siz tarafdan boshqa bir raqamli texnologiyalar ustidan ish olib borilyaptimi?

Ha, albatta, biz qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida raqamlashtirish ishlarini olib boryapmiz. Mana masalan iyul oyida biz fermerdan fermerga, hamda davlat MTPlardan qishloq xo‘jaligi texnikasini bevosita, ishonchli to‘lov tizimi orqali ijaraga berish dasturini joriy qilmoqdamiz. Ushbu dastur mobil ilovadan tashkil topib, qishloq xo‘jaligi texnikasini izlash va kerakli mavsumiy ishlar uchun ijaraga olish jarayonini ancha yengillashtiradi. Misol uchun Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidagi fermer o‘z dala ishlariga texnika izlayotganida uni mobil ilova orqali Samarqanddagi Urgut tumanidan kerakli xizmat turlariga moslashgan texnikani ushbu tizimga joylashtirgan fermerdan olsa bo‘ladi. Biz yaqinda shu tizimni fermerlarimizga taqdim etamiz.

Bundan tashqari biz AQShdagi xamkorlarimiz bilan birgalikda fermerlar uchun yerlari to‘g‘risida kundalik tarzda va har xil spektrlarda sun'iy yo‘ldoshlardan olingan rasmlar yordamida yer va ekinlarning holatini aniqlab beruvchi mobil ilova ustida ish olib boryapmiz. Shu ilova orqali fermerlarimiz o‘z yerlarini fazodan nazorat qilib, paydo bo‘layotgan muammolarni tezda aniqlab portalimizdagi konsultantlardan tezkor maslahat olib bartaraf etishlari mumkin bo‘ladi. Undan tashqari ushbu ilova dalalarda me'yordan ortiq o‘g‘it ishlatishning oldini olish, suv tejamkorligini ta'minlash va shu bilan xo‘jaliklarning barqarorligini ta'minlashda juda katta yordamchi bo‘ladi.

Xullas, AgroMart portalinining mutaxassislari tom ma'noda qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotganlar va soha mutaxassislarini bir joyga jalb qilib, dehqon va fermerlarimizga yaqindan samarali yordam beradigan raqamli platformalar ustida ish olib bormoqda.

Darvoqe, portal faoliyati uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham kuzatib borish mumkin. Buning uchun portalning Telegram-kanaliga a'zo bo‘lish, yoxud Facebook-sahifasiga yozilishning o‘zi kifoya. 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top