08:05 / 24.06.2020
8384

Mirzo-Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot berildi

YTH natijasida avtomobil haydovchisi tan shikastlari olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Toshkent shahar IIBB Mirzo-Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 23 iyun kuni taxminan soat 11:30da “Feruza” massivida 40 yoshli Nurbek A. “Nexia” avtomobilini boshqarishi davomida boshqaruvni yo‘qotib daraxtga to‘qnashgan. 

Bildirilishicha, hodisaning sababi aniqlanmoqda. YTH natijasida avtomobil haydovchisi tan shikastlari olib, shifoxonaga yetkazildi.

“Hurmatli haydovchilar! Yo‘lda tezlikni nazorat qilib boring, katta tezlikdagi to‘qnashuvning oqibati og‘ir bo‘ladi. Tezlikni yo‘l sharoitiga va ob-havoga muvofiq tanlang. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling, ogoh bo‘ling”, - deyiladi xabarda. 

Top