15:05 / 24.06.2020
10023

Nima uchun Toshkentda faqat mahallalar, boshqa joylarda shahar va tumanlar qizil hudud deb e'lon qilinmoqda?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorning birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 24 iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirusga chalingan bemorlar aniqlanganda nima uchun Toshkentda faqat mahallalar, boshqa joylarda shahar va tumanlar qizil hudud deb e'lon qilinayotganiga izoh berdi.

«Toshkent shahri bo‘yicha kasallik qayd etilgan har bitta tumanning mahallalar, mavzelar, dahalari va yirik obektlar bo‘yicha karantin, cheklov tadbirlari belgilash tizimli olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, Toshkent shahri poytaxt shahar ekanligi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga ta'sir qilmagan holda, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirishga o‘tilgan.

Bir mahalla, bir mavze, bir obekt, umuman olganda kasallik aniqlangan joyda tezkor lokalizatsiya qilish tartibida olib boriladi. Hozirda kuchaytirilgan tartibda profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», deya Botir Qurbonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top