11:34 / 24.06.2020
5474

Sud Braziliya prezidentini niqob taqishga majburlab qo‘ydi

Braziliya sudi mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruga jamoat joylarida niqob taqish majburiyatini qo‘ydi. Agar prezident sud qarorini bajarishdan bo‘yin tovlasa, unga qoidabuzarlikning har bir kuni uchun 2000 real (387 dollar) jarima solinadi.

Foto: Getty Images

Bolsonaru namoyishlarda bir necha marta niqoblarsiz paydo bo‘lgan va koronavirus solayotgan xavfni rad etib keladi.

U, shuningdek, pandemiya sababli Braziliyaning turli shtatlarida kiritilgan cheklovlarni tanqid ostiga olgan. 

Ayni vaqtda Braziliya koronavirusga chalinishlar va undan o‘limlar soni bo‘yicha AQShdan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinni egallamoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Braziliyada so‘nggi sutkada 40 mingga yaqin kasallanish holati qayd qilingan. Mamlakatda umumiy hisobda koronavirusga chalinganlar soni 1145906 nafarni, undan vafot etganlar 52645 nafarni tashkil qilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top