08:03 / 24.06.2020
5411

TIV koronavirus bilan kasallanish holatlari kamaygan davlatlarga muntazam reyslarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda

O‘zbekistonliklarni charter reyslarida olib kelish davom etmoqda.

TIV koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlarga muntazam reyslarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda.

«Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabiga ko‘ra, sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlarga muntazam reyslarni qayta tiklash ustida ish olib borilmoqda («yashil» va «sariq» reyslar)», - deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklarni charter reyslarida olib kelish davom etmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, 2020 yil 8-21 iyun kunlari Rossiya, Turkiya, Italiya, Janubiy Koreya, Ummon, Qatar, BAA, Tailand, Hindiston, Misr va Ukrainadan 6 mingdan ortiq fuqaro vatanga charter reyslari bilan qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi quyidagi yo‘nalishlarda navbatdagi charter reyslarining jadvalini tasdiqladi:

22 iyun. Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg
23 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
24 iyun. Tel-Aviv – Toshkent – Tel-Aviv
24 iyun. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent
25 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
25 iyun. Toshkent – Nyu-York
26 iyun. Nyu-York – Toshkent
26 iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent
27 iyun. Toshkent – Sharja – Toshkent
28 iyun. Toshkent – Nyu-York
28 iyun. Nyu-York – Toshkent
28 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
29 iyun. Seul – Toshkent – Seul
29 iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent
30 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
1 iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent
2 iyul. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
2 iyul. Toshkent – Riga – Toshkent
3 iyul. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent
3 iyul. Toshkent – Qozon – Toshkent
4 iyul. Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent
4 iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent
5 iyul. Toshkent – Rostov-Don – Toshkent.

Top