00:13 / 25.06.2020
9703

Eron va Turkiya ikki davlat chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuvni o‘rganmoqda

Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Abbos Musoviy hodisaga izoh berar ekan, Eron-Turkiya chegarasi yaqinida turk harbiylari va terrorchilar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lganini aytdi.

Eron va Turkiya hukumatlari ikki davlat chegarasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuv yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

Turkiya mudofaa vazirligining xabariga ko‘ra, Eron hududidan berilgan zarba natijasida bir nafar turkiyalik harbiy halok bo‘lgan va yana bir nafari jarohatlangan.

Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Abbos Musoviy hodisaga izoh berar ekan, Eron-Turkiya chegarasi yaqinida turk harbiylari va terrorchilar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lganini aytdi. U bu haqda Turkiya OAVga asoslanib ma'lum qildi.

"G‘arbiy Ozarboyjon viloyati chegara xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv chog‘ida Eron hududiga bir dona snaryad kelib tushgan", - dedi Musoviy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqea ikki davlat chegara xizmatlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
Top