15:16 / 25.06.2020
4188

Google qator OAVga yangiliklar uchun pul to‘laydi

Kompaniya Germaniya, Avstraliya, Braziliyadagi Spiegel, Solstice Media va Diarios Associados nashriyotlari bilan dastlabki shartnomalarni imzolagan.

Foto: RIA Novosti

Google kompaniyasi qator ommaviy axborot vositalariga sifatli yangiliklar uchun pul to‘lashini e'lon qildi.

"Bugun nashriyotlarga sifatli kontent uchun mablag‘ to‘lash bo‘yicha litsenziyalash dasturi shu yil ishga tushishini e'lon qilamiz", - deyiladi kompaniya relizida.

Relizda Google yangiliklar uchun qanchadan pul to‘lashi aytilmagan.

Qayd etilishicha, Germaniya, Avstraliya, Braziliyadagi Spiegel, Solstice Media va Diarios Associados nashriyotlari bilan dastlabki shartnomalar imzolangan.

"Biz bir nechta mamlakatlardagi nashriyotlardan boshlaymiz, kelgusida ular soni oshadi", - deyiladi kompaniya tomonidan.

Top