16:41 / 27.06.2020
10410

AQShning bosh infeksionisti mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq muammo jiddiy ekanligini aytdi

Pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19dan 125 mingdan ortik amerikalik vafot etgan bo‘lib, bu jahon bo‘yicha mutlaq antirekord hisoblanadi.

Foto: Reuters

AQShning bosh infeksionisti, Amerika allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti rahbari Entoni Fauchi mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiy ekanligini aytdi. Bu haqda "Bi-bi-si" xabar bermoqda.

Fauchining so‘zlariga ko‘ra, AQSh COVID-19 bilan bog‘liq jiddiy muammoga duch kelgan.

Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirganlar soni 2,5 mln kishiga yaqinlashgan.

26 iyun kuni kasallanish holatlari aniqlanishi bo‘yicha antirekord qayd etildi – bir sutka davomida 45 mingdan ortiq yangi holatlar aniqlandi. Undan bir kun avval 40 mingdan ortiq holat qayd etilgandi.

Pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19dan 125 mingdan ortik amerikalik vafot etgan bo‘lib, bu jahon bo‘yicha mutlaq antirekord hisoblanadi.

Juma uni Oq uy vakillari kasallik alomatlari bo‘lmaganlarni ham virusga test topshirishga chaqirdi. Mutaxassislar kasallikka chalinganlar bo‘yicha haqiqiy raqamlar 10 baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top