11:19 / 29.06.2020
9295

O‘zbekiston Jyeneva protokoliga qo‘shildi

2020 yil 26 iyundagi tegishli Qonun e'lon qilindi.

Bo‘g‘uvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qo‘llanilishini taqiqlash to‘g‘risidagi Protokol (Jyeneva, 1925 yil 17 iyun) qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, bundan kelib chiqib:

bunday turdagi harakatlar sivilizatsiyalashgan dunyodagi jamoatchilik tomonidan adolatli ravishda qoralangan;

ushbu taqiq dunyodagi aksariyat yirik mamlakatlar ishtirokidagi shartnomalarda bayon etilgan;

umume'tirof etilgan ushbu taqiq xalqaro huquqda qayd etilishi hamda xalqlar vijdoni va amaliyotida majburiy talab bo‘lishi lozim.
 
Avval yozganimizdek, Jyeneva protokoli – Bakteriologik (biologik) va toksik qurollar zaxiralarini tayyorlash, ishlab chiqarish va yig‘ishni taqiqlash hamda ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiyaning (1972 yil 10 aprel, London, Vashington, Moskva) davomi bo‘lib, uning normalarini to‘ldiradi va aniqlashtiradi.
 
Bugungi kunda 142 ta davlat, shu jumladan O‘zbekistonning MDH bo‘yicha hamkorlari – Armaniston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina va Qirg‘iziston Jyeneva protokoli ishtirokchisi hisoblanadi.
 
Hujjat 26.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top