13:05 / 29.06.2020
7756

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan talabalari vatanga olib kelindi

14 kunlik karantin davridan so‘ng barcha talabalar uylariga yuboriladi. 

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan 220 nafar talabalari Moskvadan Toshkentga charter reys bilan olib kelindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, barcha talabalar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalar turar joyida karantinga olindi.  

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan karantin davrida talabalar uchun barcha zarur maishiy sharoitlar yaratib berildi. Uch mahal issiq ovqat, onlayn tarzda o‘qishni davom ettirayotgan talabalar uchun yuqori tezlikdagi internet xizmati mavjud. 14 kunlik karantin davridan so‘ng barcha talabalar uylariga yuboriladi, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, yaqin kunlarda Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida tahsil olayotgan yana 102 nafar talabaning vatanga kelishini tashkil etish rejalashtirilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top