08:54 / 30.06.2020
5775

3 nafar farzand uchun 245 mln. so‘m aliment puli undirildi

Majburiy ijro byurosining Shayxontoxur tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayhontoxur tumanlararo sudining  qaroriga asosan, qarzdor U.Ziyaxodjayevdan undiruvchi M.Ziyaxodjayeva foydasiga aliment undirish haqidagi ijro ishi qabul qilingan. 2019 yil 20 dekabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgar U.Ziyaxodjayev uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta'minoti uchun u voyaga yetguniga qadar alimentchi otaning oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ½ qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati 2019 yilning 20 dekabr kuni kelib tushgan, shu kuni davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, taraflarga yuborilgan. 

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor U.Ziyamuxamedovga har oy aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borishi va to‘lov pattalari nusxasini davlat ijrochisiga taqdim etib borishi haqida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay qarzdor tomonidan bee'tibor qoldirilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari cheklanishi bilan bir qatorda, uning avtotransport vositasiga nisbatan band va ta'qiq solish haqidagi qarorlar qabul qilinib, qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli ashkilotlarga yuborilgan.

Alimentchi otaga nisbatan olib borilgan to‘g‘ri tushuntiruv va targ‘ibot ishlari natijasida qarzdor uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta'minoti uchun farzandlarining voyaga yetguniga qadar to‘lanilishi lozim bo‘lgan jami 245 mln. so‘m aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab belgilangan mablag‘ni to‘lab berdi. Bo‘lim tomonidan ijro hujjati ijrosi amalda ta'minlanib, qarzdorga nisbatan Byuro tomonidan qo‘yilgan cheklovlar, band va ta'qiqlar bekor qilingan.

Top