10:02 / 30.06.2020
26928

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 8300ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 76 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 30 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8298 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

29 iyun kuni 274ta yangi holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkent, Surxondaryo, Buxoro, Namangan va Samarqandda jami 167 kishi sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 5496 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2778 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top