09:26 / 30.06.2020
30678

Toshkentda taksi xizmatiga elektromobillar kirib kelishi kutilyapti

Transport vositalarining narxi 23 ming dollardan 25 ming dollargacha.

Toshkent shahridagi taksi xizmatiga elektromobillar kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, buning uchun 500ta elektr tokidan quvvat olib harakatlanuvchi avtomobillar xarid qilindi.  

Ekologik toza va hamyonbop transport vositasi bir quvvatlanganda 450 km masofani bosib o‘tadi, deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanishicha, mashinalarning 53 kilovatt akkumulyatorlari bor, 1 km 50-60 so‘mga to‘g‘ri keladi. Transport vositalarining narxi 23 ming dollardan 25 ming dollargacha.

Top