03:20 / 01.07.2020
8595

Lukashenkoning asosiy raqiblaridan biri saylovga qo‘yilmaydi

Foto: Facebook/Valeriy Tsepkalo

Dushanba kuni Belarus IIV Valeriy Tsepkaloga nisbatan tergovga qadar surishtiruv boshlagani ma'lum bo‘ldi. Vazirlikka Bosh prokuraturadan Turkiya fuqarosining arizasi bo‘yicha ish kelib tushgan.

Belarus prezidentligiga asosiy da'vogarlardan biri Valeriy Tsepkalo nomzodini ro‘yxatga olish uchun yetarlicha ovoz to‘play olmaydi, deb xabar berdi TUT.by portali mamlakat markaziy saylov komissiyasiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, tekshiruvlardan so‘ng Tsepkaloni qo‘llab-quvvatlab 75 249 ta imzo qolgan, ro‘yxatga olish uchun esa kamida 100 mingta imzo to‘plash kerak. Tsepkaloning shtabi markaziy saylov komissiyasiga 160 mingta imzo topshirganini xabar qilgandi.

Dushanba kuni Belarus IIV Tsepkaloga nisbatan tergovga qadar surishtiruv boshlagani ma'lum bo‘ldi. Vazirlikka Bosh prokuraturadan Turkiya fuqarosining arizasi bo‘yicha ish kelib tushgan.

Valeriy Tsepkalo — Minskdagi yuqori texnologiyalar parki asoschisi, Belarus tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari va Belarusning AQShdagi elchisi bo‘lgan.

Aleksandr Lukashenkoning yana bir raqibi, Belgazprombankning sobiq rahbari Viktor Babariko 165 744 ta imzo to‘plagan va u saylovga qo‘yiladi. Babariko uchun yig‘ilgan imzoning yarmi bekor qilingan: uning shtabi 365 mingta imzo topshirgandi. Babariko hibsga olingan bo‘lib, unga nisbatan pul yuvish, guvohlarga ta'sir o‘tkazishga urinish va dalillarni yashirish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Babarikodan tashqari, Aleksandr Lukashenko (1,9 mln) va yana to‘rt nafar nomzod kerakli ovozni to‘plagan. Ular orasida bloger Sergey Tixanovskiyning xotini Svetlana Tixanovskaya ham bor. Tixanovskiy Lukashenkoning asosiy tanqidchilaridan biri hisoblanadi.

Top