16:04 / 01.07.2020
35407

Uzbekistan Airways aviachiptalar uchun to‘langan summalar qaytarilishining yangi qoidalari haqida ma'lum qildi

2020 yil 1 iyuldan depozit vaucherlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airways

2020 yil 1 iyuldan aviachiptalar va xizmatlar uchun to‘langan summalar qaytarilishining yangi qoidalari amal qiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar tomonidan aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlar uchun 2020 yil 31 dekabrgacha to‘langan summani qaytarishni ta'minlash uchun 2020 yil 1 iyuldan depozit vaucherlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.

Depozit vaucherini rasmiylashtirish, qaytarilishi lozim bo‘lgan chipta narxi summasiga, plyus aviachiptani xarid qilgan joyi bo‘yicha shu summadan 5 foizga teng bonus taqdim etiladi.

“Depozit vaucherlari ularni rasmiylashtirish sanasidan boshlab yil davomida yo‘lovchilar tomonidan Uzbekistan Airways AJning reyslaridagi har qanday boshqa tashuv to‘lovlari yoki qo‘shimcha xizmatlar to‘lovlari uchun foydalanilishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, vaucherni rasmiylashtirish sanasidan bir yil o‘tishi bilan depozitning foydalanilmagan summasi yo‘lovchiga dastlabki to‘lov shaklida qaytariladi.

Xabarda aytilishicha, depozit vaucherlarini qo‘llash prezident raisligida Vazirlar Mahkamasining karantin davrida transport tizimi barqarorligini ta'minlash masalalari bo‘yicha 2020 yil 25 maydagi yig‘ilishi qarori asosida kiritilmoqda.

Top