15:35 / 04.07.2020
17270

AQShda bir kunda 57,5 ming kishida koronavirus aniqlandi. Rekord yangilandi

Floridada surunkasiga 26 kundan buyon kasallik yuqtirganlar aniqlanishi bo‘yicha kunlik rekord yangilanmoqda.

Foto: Andrew Caballero-Reynolds/AFP/Getty Images

3 iyul kuni AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 57 497ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, avvalgi maksimal ko‘rsatkich - 55 220 ta holat 2 iyul kuni qayd etilgandi. Oxirgi to‘qqiz kun ichida yangi holatlar bo‘yicha antirekord yetti marta yangilandi.

Gazetaning ma'lumot berishicha, sutkalik o‘sish bo‘yicha rekordlar kamida yigirmata shtatda qayd etilgan. Floridada surunkasiga 26 kundan buyon kasallik yuqtirganlar aniqlanishi bo‘yicha kunlik rekord yangilanmoqda.

COVID-19 tarqalishi avj olishiga qaramasdan, AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Dakotadagi mustaqillik kuni bayrami tadbirini bekor qilmadi.   

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish bo‘yicha 2,8 mln holat aniqlangan, 129 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top