23:51 / 05.07.2020
33720

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 10 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 84 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 5 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10020 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 27 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida), 22 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 19 nafari Samarqand viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 312ta yangi holat qayd etildi.

Shuningdek, Toshkentdagi shifoxonalarda jami 159 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 6584 nafarga yetdi. 3 bemor olamdan o‘tib, jami o‘lim holatlari soni 34tani tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3402 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top