16:10 / 06.07.2020
2616

Parij marafoni 15 noyabrga ko‘chirildi

Parij marafoni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 15 noyabrga ko‘chirildi, deyiladi musobaqa saytida. 

Foto: AFP

Dastavval, 5 aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa 18 oktyabrga ko‘chirilishi ma'lum qilingan edi. 

“Marafonni eng yaxshi sharoitlarda tashkil etish uchun Parij shahri hokimiyati bilan maslahatlashgach, start sanasini yanada kechroq muddatga o‘zgartirishga qaror qildik, - deyiladi tashkilotchilar bayonotida. – Biz vaziyatni kuzatib boramiz va qalin hamkorlik qiladigan sog‘liqni saqlash idoralari va davlat xizmatlarining ko‘rsatmalariga qat'iy amal qilamiz”.

Bundan avval, koronavirus pandemiyasi tufayli Rim, Boston, Dublin, Berlin va Nyu-York marafonlari bekor qilingan edi.

Mavzuga oid
Top