03:06 / 11.07.2020
9787

La Liga. «Real» ketma-ket sakkizinchi o‘yinda g‘alaba qozonib, chempionlikka yaqinlashdi

Foto: AP

Ispaniya chempionatida 35-tur o‘yinlari davom ettirildi. Turnir jadvali yetakchisi «Real» o‘z maydonida ligada qolish uchun kurashayotgan «Alaves»ni 2:0 hisobida yengib, chempionlikka yaqinlashdi. Bu Zidan jamoasining La Liga o‘yinlaridagi ketma-ket sakkizinchi g‘alabasi bo‘ldi.

G‘alabadan so‘ng «Real»ning ochkolari soni 80taga yetdi va madridliklar «Barselona» bilan 4 ochkolik farqni saqlab qolishdi. «Alaves» esa 35 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi. Chempionat tugashiga yana 3 tur qoldi.

La Liga. 35-tur

Real Madrid – Alaves 2:0

Gollar: Benzema (11, penalti), Asensio (50).
Real Madrid: Kurtua, Varan, Militao, Mendi, Vaskes, Kroos, Modrich (Valverde, 70), Asensio (Vinisius Junior, 70), Kazemiro, Rodrigo (Isko, 82), Benzema (Azar, 82).
Alaves: Roberto, Eli, Laguardia, Marin, Ximo Navarro (Agirregabiria, 23), Mendes (Sayns, 68), Feysa (Maxmud, 55), Berk, Kamarasa, Lukas Peres (Rioxa, 55), Xoselu (Rodriges, 69).
Ogohlantirish: Mahmud (83).

Mavzuga oid
Top