17:58 / 12.07.2020
24694

Senator Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ladi

Robaxon Mahmudova nomzodi Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimiga ko‘rsatildi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, senator Robaxon Mahmudova Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimini egallaydi.

Uning nomzodi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi majlisida senatorlar tomonidan saylanishi kutilmoqda.

Robaxon Mahmudova 1958 yilda Farg‘onada tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisi vazifasida ishlagan, 2020 yil yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

U shu yilning yanvarida Farg‘ona viloyatidan senator etib saylangan, keyinroq O‘zbekiston Respublikasi Senatining Fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozomiga saylangandi.

Prezident shu yilning martida uni «Fidokorona mehnatlari uchun» ordeni bilan taqdirlagandi.

Mavzuga oid
Top