23:42 / 13.07.2020
16484

JSST yosh bolalarning koronavirus yuqtirish ehtimoli kamligini ma'lum qildi

Tadqiqotlarda bolalarda virusga nisbatan antitanalar borligi ma'lum bo‘ldi.

O‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarning COVID-19ga chalinish ehtimoli kam va kasallikni yengil o‘tkazadi. Bu haqda JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove ma'lum qildi.

"Qator mamlakatlarda kasallikka chalinganlarning 1dan 3 foizgacha qismini bolalar tashkil etadi. Tadqiqotlarda bolalarda virusga nisbatan antitanalar borligi ma'lum bo‘ldi, hozirda yana bir nechta tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Bu tadqiqotlarda 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning kasallik yuqtirish darajasi pastligini, 10 yoshdan katta bolalarda esa xuddi o‘smirlar va 20 yoshdan kattalardagi kabi yuqoriligini ko‘rmoqdamiz. Bu esa yosh bolalar kasallik yuqtirganida u yengil o‘tishini anglatadi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda virus bolalar orasida yuqishi borasida tadqiqot o‘tkazish zarur.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 13,1 milliondan oshgan, 573,3 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top