14:30 / 13.07.2020
7069

«Manchester Siti»ning apellyatsiyasi qanoatlantirildi, jamoa YeChLda o‘ynaydi

Foto: Getty Images

Lozannadagi arbitraj sudi «Manchester Siti»ning YeChLda qatnashish bo‘yicha apellyatsiyasini qanoatlantirdi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Klub moliviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun UYeFA tomonidan ikki yilga yevrokuboklardan chetlashtirilgan va 30 million yevro jarimaga tortilgandi. «Manchester Siti» bu borada apellyatsiya bergandi va u qanoatlantirildi. Endi Manchester klubi 10 million funt jarima to‘lasa kifoya.

Ma'lumot uchun, «Manchester Siti» YeChLning joriy mavsumida ham ishtirokini davom ettirmoqda. Nimchorak finalning birinchi o‘yinida Gvardiola jamoasi Madridda «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. Javob bahsi 8 avgust kuni Manchesterda o‘tkaziladi.

Top