19:59 / 13.07.2020
25513

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga yangi direktor tayinlandi

Sobiq tennischi Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining yangi direktori etib tayinlandi.

Foto: Facebook /massmediafond

«Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi», deya xabar berdi fond matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar u Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot sohasini rivojlantirishni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma'lumot uchun, Aleksandra Kolesnichenko – sport ustasi, Federatsiya Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan. 2009 yilda ITF reytingida 577-o‘ringa ko‘tarilgan. 2012 yilda Olmaotadagi menejment universitetini tamomlagan, 2016 yilda Turkiyadagi Bog‘chashehir universitetida PR yo‘nalishida bakalavr darajasini olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yanvaridan buyon Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida ishlab kelgan Xushnudbek Xudoyberdiyev 1 iyul kuni O‘zA bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Top