08:26 / 14.07.2020
7319

Toshkentda piyodalar yo‘lkasi bo‘ylab nogironlar uchun yo‘lka va veloyo‘laklar barpo etilmoqda - foto

Poytaxt Toshkent shahridagi asosiy yo‘llar qatori piyodalar yo‘llari tartibga keltirilmoqda, veloyo‘laklar tashkil etilmoqda, deb yozadi shahar hokimligi axborot xizmati.

Xususan, quruvchilar va obodonlashtirish tizimi mutaxassislari qator ko‘chalar bo‘ylab obodonlashtirilgan, eni 1,5 metr bo‘lgan piyodalar yo‘lkasi, 0,8 metr kenglikdagi, maxsus nogironlar yo‘lkasi hamda 1 metr kenglikdagi veloyo‘laklarni barpo etish yo‘lida harakatdalar.

Ma'lumot berilishicha, bunday ishlar bugungi kunda:

  • Haydar Aliyev ko‘chasining Sariko‘l ko‘chasidan Ozarboyjon madaniyat markazigacha bo‘lgan 2 kilometrlik qismida — 90 foizga;
  • Shahrisabz ko‘chasining Katta Mirobod ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha bo‘lgan 2,3 kilometr oralig‘ida — 50 foizga;
  • Istiqbol ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan 1,6 kilometr masofada — 30 foizga;
  • Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Kichik avtomobil xalqa yo‘lidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 7 kilometrlik qismida 15 foizga bajarilgan.

 

Mavzuga oid
Top