09:33 / 14.07.2020
6293

Yaponiya mudofaa sohasida 3ta yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi

Yaponiya mudofaasiga bag‘ishlangan Oq kitobda harbiy sohada fan va texnologiyalar o‘rni oshgani, shuningdek, mudofaaning 3ta yangi yo‘nalishi – kosmos, kiberkenglik va elektrmagnit nurlardan foydalanish sohalarida o‘sish sur'atlari qayd etilgan. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

Ta'kidlanishicha, yangi mavzularning barchasida Xitoy va Rossiya yodga olinadi. Harbiy fan va texnikalarga bag‘ishlangan qismida yozilishicha, RF va XXR tovushdan o‘ta tez ucha oladigan qurol ustida ish olib bormoqda, buni AQSh o‘z havo hujumidan mudofaa tizimiga tahdid deb bilmoqda. 

“Fazoviy kenglikda barcha mamlakatlar shunday yo‘l tutishmoqdaki, u o‘z mamlakatining xavfsizligi hamda dunyo uchun foydali bo‘lishi mumkin”, - deyiladi hisobotda. Shu bilan birga, “Xitoy va Rossiya o‘z imkoniyatlarini mustahkamlamoqda, bu esa AQSh va uning ittifoqchilariga fazoviy kengliklardan foydalanishida zarar berishi mumkin”.

Bundan tashqari, Xitoy va Rossiya boshqa mamlakatlarning infratuzilmalari va tarmoqlarini barbod qilishda harbiy kuch sifatida kiber hujumlar imkoniyatini kuchaytirayotgani ta'kidlangan. Elektromagnit nur bo‘limida uning harbiy maqsadlarda foydalanilishi barobarida, Xitoy bu borada mashg‘ulotlar olib borayotgani, Rossiya o‘zining elektron uskunalarining harbiy salohiyatini kuchaytirayotgani qayd etilgan. 

Yaponiyaning mudofaa sohasidagi yillik hisoboti bo‘lgan Oq kitobning 2020 yilgi nashri hukumat majlisida taqdim etilgan. 

Mavzuga oid
Top