18:33 / 17.07.2020
3838

DXA abituriyentlar qaysi tumanlarda markazlar orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini bildirdi

Respublikaning 8ta tumanida abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish DXMlarida amalga oshiriladi.

AOKA huzurida bo‘lib o‘tgan onlayn brifing chog‘ida Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi Sevara Zokirova hujjatlarni onlayn topshirish imkoni yo‘qlar uchun Davlat xizmatlari markazida hujjat topshirish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoni bilan quyidagi 8ta tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali muqobil ravishda 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi:

  • Mo‘ynoq tumani DXM;
  • Konimex tumani DXM;
  • Tomdi tumani DXM;
  • Uzun tumani DXM;
  • Boysun tumani DXM;
  • So‘x tumani DXM;
  • Farg‘ona tumani DXM;
  • Sardoba tumani DXM.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda qolgan barcha hududlarda — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my gov uz) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) orqali amalga oshirish mumkin.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top