14:51 / 17.07.2020
31648

Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farg‘ona tumaniga hokimi bo‘ldi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashida Shuhratjon Azimjonovich Mo‘minov tumanning yangi hokimi etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Podpolkovnik Shuhratjon Mo‘minov muqaddam Rishton tumani IIB boshlig‘i bo‘lgan, 2018 yil iyunidan buyon Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuhratjon Mo‘minov

Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda 2018 yilning oktyabridan buyon Farg‘ona tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Ilhomjon Nosirov lavozimidan ozod etilgandi.

Top