11:45 / 19.07.2020
25574

Ekspert koronavirusga qarshi vaksina kuchi faqat bir necha yilga yetishi mumkinligi haqida gapirdi

Har bir necha yilda bir marta koronavirusga qarshi emlanishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginzburgga tayanib TASS agentligi xabar bermoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, gripp vaksinasi tez-tez o‘zgarib turishi kabi, ehtimol koronavirusga qarshi vaksinaning antiganik tarkibiga ham o‘zgartirish kiritish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, Ginzburg kasallikning rivojlanishi monitoring qilinayotgan qisqa kuzatuv davrida ushbu virus o‘z tuzilishini kuchli ravishda o‘zgartirishi haqida hech qanday dalil topilmaganini ta'kidlagan. 

Avvalroq, Ginzburg koronavirusga qarshi emlash taqiqlangan asosiy holatlarni sanab o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina immunitet tizimining og‘ir surunkali kasalliklari bo‘lgan odamlar uchun mos emas. Autoimmun kasalliklari bo‘lgan bemorlarni emlash xavfsiz hisoblanmaydi, chunki bu surunkali kasallik kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top