16:57 / 19.07.2020
31432

Samarqandda ishlab chiqarilgan 27ta tez yordam mashinasi Toshkentga olib kelindi

Toshkent shahriga Samarqanddagi «SamAvto» zavodida ishlab chiqarilgan tez yordam mashinalari olib kelindi. Bu Samarqanddagi zavod ishlab chiqargan ushbu turdagi zamonaviy tez yordam mashinalarining birinchi partiyasi hisoblanadi.

Foto: SamAvto

Toshkent shahriga Samarqandda ishlab chiqarilgan 27ta tez yordam mashinalari olib kelindi. Joriy yil may oyidan boshlab ishlab chiqarish boshlangan «ISUZU D-Max» modelidagi bu tur tez yordam mashinalarining ilk partiyasi aynan Toshkentga yuborildi. «SamAvto» o‘tgan yil oktyabrda boshqa turdagi tez yordam mashinalari ham ishlab chiqarishni boshlagan va pandemiya vaqtida ehtiyoj bo‘lgani uchun D-Max modelidagi tez yordam mashinalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

«SamAvto» mutaxassislarining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, korxona ichki bozorda tez yordam mashinalariga bo‘lgan ehtiyojni qondirgandan keyingina «ISUZU D-Max» tez yordam mashinalarini eksport qilishni boshlaydi.

Foto: SamAvto
Foto: SamAvto
Foto: SamAvto
Top