22:38 / 21.07.2020
7011

Olimlar saratonni 4 yil oldin bashorat qiluvchi test yaratishdi

Amerikalik va xitoylik olimlar qon tahlili asosida saratonning 5ta turini kasallik alomatlari paydo bo‘lishidan 4 yil oldin aniqlash imkonini beruvchi testni yaratishdi.

Foto: Sergey CheRNYX

Ilmiy kashfiyot haqida Nature Communications jurnali xabar berdi.

Yangi test tizimi PanSeer nomini oldi. Tadqiqotlar jarayonida bu test oshqozon, qizilo‘ngach, o‘pka, jigar saratoni va kolektoral saratonni eng avvalgi bosqichlarida aniqlash imkonini berishi isbotlandi.

Olimlar tahlillar uchun 2007-2017 yillar davomida umumiy hisobda 1,6 million qon namunasi olishdi. Ayni paytda ular Xitoyning Fudan Universiteti arxivida saqlanmoqda.

Tadqiqotning noyobligi shunda ediki, olimlar onkologik kasallardan saratonga chalingani an'anaviy usullarda aniqlanishidan oldin olingan qon tahlillaridan foydalanishdi. Test natijasida ular 91 foiz holatlarda kasallik alomatlarini aniqlashdi. Aslida ularga 1-4 yildan keyin saraton tashxisi qo‘yilgan edi. 

Saratonning yo‘qligini test 95 foizlik ehtimol bilan aniqlab berdi. Shu tufayli, PanSeer testining boshqa usullar ojiz bo‘lgan holatlarda saratonni avvalgi bosqichlarida aniqlab berishda samarali ekani ta'kidlanmoqda.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, yangi usul saratonning rivojlanishini bashorat qilolmaydi. U faqat saratonga chalingan, ammo alomatlari hali namoyon bo‘lmagan bemorlarni aniqlab beradi.

Mavzuga oid
Top