07:26 / 21.07.2020
4246

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd dollarga kamaydi

2020 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 15,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd AQSh dollariga yoki 18,2 foizga kamaydi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, TSAda eksport hajmi 6,2 mlrd AQSh dollariga (22,6 foizga kamaydi) va import hajmi 9,5 mlrd AQSh dollariga (15,0 foizga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida 3,2 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Tashqi savdo aylanmasi infografikasining ko‘rsatkichlari oylar kesimida tahlil qilinsa, 2019 yilning fevral oyida bir oz pasayishdan so‘ng oylik barqaror o‘sish kuzatilganini ko‘rish mumkin.

Xuddi shu ko‘rsatkichlar 2020 yil uchun tubdan farq qilib, yanvar va fevral oylarida tashqi savdo aylanmasi 2,9 mlrd. AQSh dollari darajasida qayd etilgan bo‘lsa, mart oyiga kelib 2,2 mlrd. AQSh dollariga kamayishni tashkil etdi (fevral oyiga nisbatan 25,3 foizga kamaydi).

2020 yilda eng katta pasayish may oyida (2,1 mlrd AQSh dollari ko‘rsatkichi) qayd etildi.

Top