09:11 / 21.07.2020
4048

Respublika bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi ochiqlandi

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 91,2 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,7 foizga oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 15,7 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 22,5 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 75,4 trln so‘mni (2,9 foizga kamaydi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 5,2 trln so‘mni (33,9 foizga kamaydi) tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 21,9 foiz ulush bilan 20 trln so‘mni tashkil etdi 

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 91,2 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,7 foizni tashkil etdi. 

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarda hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kamayish sur'atlari kuzatildi. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida 82,7 foiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga va 17,3 foiz yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi. 

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Sirdaryo viloyati 1,8 foiz ulush bilan 1,6 trln so‘mni tashkil etdi. 

2019 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan respublikaning Qashqadaryo (97,2), Surxondaryo (95,7), Xorazm (92,2) viloyatlarida chakana savdo tovar aylanmasining kamayish sur'atlari kuzatilib, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent viloyati (4,5 foiz), Toshkent shahri (3,7 foiz), Buxoro (0,3 foiz) viloyatlarida qayd etildi. 

Top