11:38 / 21.07.2020
5692

Toshkentda 70 000 000 so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

39 yoshli G.X. (ayol) Toshkent shahri Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U 2020 yiling 30 iyun kunidan 13 iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs uyiga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib,  umumiy qiymati 70.000.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan turli xil zargarlik buyumlari va 1 dona “Lenovo” rusumli noutbukni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Shayxontohur tumanida yashovchi 25 yoshli M.R. sodir etganligi aniqlanib, undan o‘g‘irlangan buyumlarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Top