14:09 / 22.07.2020
5783

AQSh Xitoydan Xyustondagi konsulligini yopishni talab qildi

 Xitoy OAVning ma'lumot berishicha, AQSh konsullik yopilishi uchun 72 soat muhlat bergan.

 AQSh hukumati Xyuston shahridagi Xitoy konsulligini yopishni talab qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

 Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbinning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki mamlakat munosabatlaridagi "misli ko‘rilmagan taranglik"dir.

 U shuningdek, Pekin Amerikaning bu harakatiga javob qaytarishini aytdi.

 Xitoy OAVning ma'lumot berishicha, AQSh konsullik yopilishi uchun 72 soat muhlat bergan.

 AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar 2020 yilda ancha yomonlashdi. Ikki mamlakat bir-biriga nisbatan sanksiyalar joriy etmoqda.

Top