10:25 / 22.07.2020
13069

Bolani bog‘chaga joylashtirish uchun ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi

Bunda faqat ariza berish va navbatni tekshirish imkoni mavjud.

Bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bunda faqat ariza berish va navbatni tekshirish imkoni mavjud.

Avval xabar qilinganidek, navbat yurmaydi va 2020 yil 16 martdan respublikadagi profilaktika tadbirlari tugagunga qadar bolalarni MTTga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalar shakllantirilmaydi.

Xizmatdan elektron foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida quyidagi havola orqali o‘tish mumkin.

Top