08:02 / 22.07.2020
10677

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sobiq direktori Alisher Abduazizov olamdan o‘tdi

Foto: crrt.uz

2020 yil 20 iyul kuni «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi Kapital qurilish bo‘yicha direktori Alisher Abduazizov olamdan o‘tdi. Bu haqda Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi xabar berdi.

Alisher Abduazizov 1961 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1983 yilda boshlab, Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Respublika axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida turli rahbarlik lavozimlarda ishlagan

U ayni kunga qadar «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» Kapital qurilish bo‘yicha direktor lavozimida mehnat faoliyatini olib borayotgandi.

«Alisher Abduazizov Aloqa va axborotlashtirish sohasining rivojiga katta hissa qo‘shgan rahbarlardan biri bo‘lib, mas'uliyatli, samimiy, o‘z kasbining ustasi, jonkuyar va fidoyi inson edi», - deyiladi xabarda.

Top