19:23 / 22.07.2020
21119

Qoraqalpog‘istonning sobiq prokurori olamdan o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining sobiq prokurori, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Xakimbay Ashirovich Xalimov 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.

«Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi organlarida xizmat qilgan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Xalimov Xakimbay Ashirovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi», deyiladi bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Mahalliy OAV ma'lumotiga ko‘ra, unda bir necha kun avval koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.

Xakimbay Xalimov 1998 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori - O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Shuningdek, 2017-2019 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi boshlig‘i bo‘lgan.

U so‘nggi vaqtlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Top