11:57 / 22.07.2020
1848

Yilning birinchi choragida iqtisodiy sudlar da'vogarlar foydasiga 2,9 trln so‘mdan ortiq mablag‘ undirgan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Oliy sud rayosat majlisida joriy yilning olti oyi davomida iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida 51 ming 727ta ish ko‘rib chiqilgan.

Jami 1769ta sud majlislari videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning 3274 nafar vakili o‘zlari joylashgan hududlardan chiqmagan holda, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlislarida qatnashib, ularning 926,3 mln so‘mdan ortiq mablag‘lari tejab qolingan.

Shuningdek, hal etilgan ishlar bo‘yicha da'vogarlar foydasiga 2,9 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ni undirish haqida sud hujjatlari qabul qilingan.

Xususiy tadbirkorlar, kichik biznes sub'yektlari va fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid 14 ming 255ta ish ko‘rilib, ular foydasiga 824,7 mlrd so‘m undirish haqida qarorlar qabul qilingan.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida iqtisodiy sudlar tomonidan ishlarni ko‘rish jarayonida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan jami 1272ta huquqiy ta'sir choralari qo‘llangan. Xususan, 125ta ma'muriy ish qo‘zg‘atilgani, 198ta moddiy, 250ta intizomiy chora qo‘llash haqida, aniqlangan qonunbuzarliklarning oldini olish va kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan 699ta xususiy ajrimlar chiqarilgani ma'lum qilindi.

Mavzuga oid
Top