23:53 / 23.07.2020
29729

Bir kunda to‘rt o‘lim qayd etildi va jami holatlar soni 100dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 23 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish oqibatida ro‘y bergan 4 o‘lim holati haqida xabar berdi. Endilikda O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 102taga yetdi.

Bugun Toshkent shahrida 3, Qashqadaryoda 1 o‘lim holati qayd etildi.

Birinchi o‘lim. 19 iyul kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan olmazorlik 55 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 55 yoshli R.Sh.da (erkak) joriy yil 19 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. 

Unga Covid-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya, semizlik 3 daraja kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. 18 iyul kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan olmazorlik 82 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etdi.

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 82 yoshli M.K.da (ayol)da 18 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va umumiy ahvoli og‘irligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va sun'iy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, semizlikning 2-darajasi, parkinsonizm kasalligi, podagra kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. 17 iyul kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan uchtepalik 54 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 54 yoshli S.G. (ayol)da joriy yil 17 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 64 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 64 yoshli A.A. (erkak)da Covid-19 tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Vazirlik bu bemorlarning barchasiga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgani, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilganini qayd etgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top