08:28 / 23.07.2020
5231

Toshkentda voyaga yetmagan shaxsni tunaganlar ushlandi

Holat yuzasidan Yashnobod tuman bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2020 yilning 17 iyul kuni soat 20:30da voyaga yetmagan 16 yoshli S.A. Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi uyiga borish uchun Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasidan Lacetti rusumli avtomashinada ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda Yashnobod tumani THAY ko‘chasida haydovchi mashinani to‘xtatib, orqa o‘rindiqda o‘tirgan S.A.ning oldida bo‘lgan narxi 5.000.000 so‘mlik Iphone X rusumli uyali telefon apparati va 1.500.000 so‘mlik Airpods 2 nomli quloqchinni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib mashinadan tushirib qoldirib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, mazkur jinoyatni 31 yoshli M.T. va E.T. sodir etganliklari aniqlanib, M.T.dan Iphone X rusumli uyali telefon apparati va Airpods 2 nomli quloqchinlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Yashnobod tuman bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.T. va E.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Top