22:09 / 24.07.2020
20600

Koronavirus 8 metrdan uzoq masofaga tarqalishi mumkin

Germaniyalik olimlar koronavirusning 8 metrdan ortiq masofaga tarqalishi mumkinligini aniqlashdi. Bungacha jamoatchilikka koronavirusning manbadan 4 metr uzoqlikka tarqalishi ma'lum edi.

Foto: REUTERS

Germaniyaning Helmhols nomidagi Infeksiya kasalliklari tadqiqot markazi olimlari Tonni shaharchasidagi go‘shtni qayta ishlash zavodida odamlarning virusdan ommaviy zararlanish holatini o‘rganib chiqishdi.

2020 yil may oyida zavoddagi ish tartibi o‘zgartirilib, xodimlar orasida masofa saqlanishini ta'minlangan edi. Bu 8 metrdan ortiq bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) 1,5 metrlik tavsiyasidan ancha katta edi.

Ammo zavoddagi nemislar baribir kasal bo‘lishdi. Olimlar fikriga ko‘ra, virusdan zararlanish aynan zavodda yuz bergan, uning tashqarisida emas. Birinchi bo‘lib virusni yuqtirib olgan manba ham aniqlangan.

«Asosiy zararlanish chorvani so‘yish hududida yuz bergan. U yerdagi havo 10 gradusgacha sovutilib, sirkulyatsiya qilinar ekan», - deyiladi tadqiqotda.

Natijada, zavoddagi zararlangan ishchilarda virusning 8ta mutatsiyasiga ega yangi kombinatsiyasi aniqlangan.

Olimlar fikriga ko‘ra, virus bemalol 8 metrdan uzoq masofaga yetib borishi mumkin. Ammo sharti bor – haroratning pastligi va konditsionerning ishlab turishi.

Avvalroq Pekinda muzlatilgan baliqda koronavirus topilgan, bundan esa sovuqlik unga juda qo‘l kelishi haqida xulosa qilingan edi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top