13:40 / 26.07.2020
7390

Dunyoda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 16 milliondan oshdi

Yakshanba kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni 16 milliondan oshdi. Bu haqda onlayn tarzda hukumatlar bergan ma'lumotlar va rasmiy manbalar axboroti asosida statistikani taqdim etib borayotgan AQShning Jons Hopkins universiteti ma'lum qilgan.

26 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasidan zararlanish holatlari soni 16 048 100taga yetgan, shundan 644 537 kishi vafot etgan.

Dunyo reytingida ilk uch o‘rinni hamon AQSh (4,1 mln), Braziliya (2,3 mln) va Hindiston (1,3 mln) band etgan.

Shuningdek, Covid-19 bilan kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan 10ta davlat qatoridan quyidagi mamlakatlar ham o‘rin olgan:

  • Rossiya — 812,4 ming;
  • Janubiy Afrika — 434,2 ming;
  • Meksika — 385,1 ming;
  • Peru — 379,8 ming;
  • Chili — 343,5 ming;
  • Ispaniya — 319,5 ming;
  • Buyuk Britaniya — 298,6 ming.

Bundan tashqari, Eron (288,8 ming), Pokiston (273,3 ming), Saudiya Arabistoni (264,9 ming), Italiya (245,8 ming), Kolumbiya (240,7 ming), Turkiya (225,1 ming), Bangladesh (221,1 ming) va Germaniyada (206,3 ming) ham kasallanish holatlari soni 200 minglik nuqtadan o‘tgan.

Eng ko‘p o‘limlar AQSh (146,4 ming), Braziliya (86,4 ming), Buyuk Britaniya (45,8 ming), Meksika (42,6 ming) va Italiyada (35,1 ming) qayd etilgan.

O‘lim holatlari soni bo‘yicha o‘nlikdan yana quyidagi davlatlar o‘rin olgan:

  • Hindiston —32,1 ming;
  • Fransiya — 30,1 ming;
  • Ispaniya — 28,4 ming;
  • Peru — 18,03 ming;
  • Eron — 15,4 ming.

Shuningdek, 11-o‘rindagi Rossiyada o‘lim holatlari soni 10 mingdan oshgan (13 269 holat).

26 iyul kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq 20 ming 226 holat qayd etilgan, shu vaqtgacha bemorlarning 11 mingga yaqini tuzalib chiqqan, 112 kishi vafot etgan. Ayni vaqtda 9283 bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top