21:47 / 26.07.2020
7407

Ispaniya koronavirus jilovlangani va sayyohlar uchun xavfsiz ekanini ta'kidlamoqda

Ispaniya hukumati koronavirus epidemiyasining jilovlangani va to‘la nazoratga olinganini ta'kidlamoqda.

Foto: Getty Images

BBC xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Ispaniyadan kelganlarni karantinga joylashtirish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng, Madrid shu haqda bayonot berdi.

26 iyuldan boshlab Buyuk Britaniyada Ispaniyadan kelganlar uchun 14 kunlik karantin talabi kuchga kirdi. Bu hech qanday ogohlantirishsiz joriy qilindi, natijada ko‘plab sayyohlar va yo‘lovchi tashuvchi kompaniyalarni darg‘azab qildi.

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri mamlakat ispaniyaliklar va xorijliklar uchun xavfsiz ekanini ta'kidlamoqda. Ammo, karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng, bu mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni ortmoqda. Ba'zi hududlarda karantin choralari qaytarilmoqda, xususan, niqob taqish majburiy qilinmoqda. 

Buyuk Britaniya Ispaniyadan kelayotganlarni karantinga joylashtirish majburiyatini joriy qilganidan so‘ng, bu mamlakatga aviareyslarni ham bekor qildi.

Ispaniyada bugungi kunga kelib koronavirus yuqtirib olganlar soni 272 mingdan oshgan, 29 mingga yaqini vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top