18:30 / 27.07.2020
29775

Habibulla Oqilov: O‘zbekistonda koronavirusning birinchi to‘lqini hali cho‘qqidan o‘tmagan

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Habibullo Oqilov «Oilaviy» telekanalining «COVID-19: dolzarb savollar» dasturida O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida ma'lumot berdi.

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda hozir koronavirusning birinchi to‘lqini davom etmoqda va ikkinchi to‘lqin haqida gapirishga hali erta.

«Ikkinchi to‘lqin haqida o‘ylash uchun birinchi to‘lqin tugashi kerak. Oxirgi bemor tuzalgach, ma'lum vaqt o‘tib boshqa koronavirus bemori paydo bo‘ladigan bo‘lsa, ikkinchi to‘lqin boshlanadi.

Hozir O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi birinchi to‘lqinning cho‘qqisiga chiqmagan», dedi shtab a'zosi.

U koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tezlik bilan o‘zgarayotgani va davolash standartlari ham o‘zgarib turganini ta'kidlagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holatlar soni 21 mingga yaqinlashgan, 119 bemor vafot etgan, 11 mingdan ortiq kishi kasallikdan tuzalgan, ayni vaqtda 9,5 mingdan ortiq kishi davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top