23:52 / 28.07.2020
17886

Koronavirusdan eng samarali himoyalovchi niqob turi ma'lum qilindi 

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari koronavirusdan eng samarali himoyalovchi niqob turini ma'lum qilishdi. 

Foto: EPA

ScienceDaily nashrining ma'lum qilishicha, tadqiqotchilar uch turdagi niqobni o‘zaro taqqoslashgan: qo‘lbola usulda tayyorlangan bir qatlamli, ikki qatlamli matoli va uch qatlamli jarrohlik niqoblari. 

Mutaxassislar tajriba uchun maxsus ishlab chiqilgan yorug‘lik-diodli yoritish tizimi va muayyan turdagi niqobni taqqanda so‘zlashish, aksirish va yo‘talish vaqtida tashqariga chiqadigan mikroskopik tomchilarning tarqalishini suratga olish uchun yuqori tezlikdagi kameradan foydalanishgan. 

Tajriba videoyozuvi yuz uchun uch qatlamli jarrohlik niqobi koronavirusdan himoyalashda eng samarali ekanini ko‘rsatgan. 

Olimlarning ta'kidlashicha, niqobning himoyalovchi xususiyatlariga, shuningdek, foydalanilayotgan material turi, dizayn, niqobning yuzga yopishib turishi hamda uning qanchalik tez-tez yuvilib turishi ham ta'sir qilar ekan. 

Mutaxassislarning fikricha, qo‘lbola niqoblarni kamida ikki qatlam matodan tayyorlash kerak.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top