09:08 / 28.07.2020
73466

Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilayotganini ma'lum qildi

2020 yilning yanvar-iyun oylarida 74,6 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,4 promilleni tashkil etdi

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, o‘lim holatlari 2019 yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega tushganligi (2019 yilning yanvar-iyun oylarida 4,5 promille bo‘lgan) kuzatildi.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 59,3 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 foizi o‘simtalardan, 4,9 foizi ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 4,8 foizi baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,7 foizi nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 1,3 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 15,5 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 4,1 ming nafarni tashkil etib, ularning 52,7 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 22,3 foizi nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 10,7 foizi tug‘ma anomaliyalardan, 3,6 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan, 1,9 foizi baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,6 foizi ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan va 8,2 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Mavzuga oid
Top